
- 3
- 04.09.2026 20:07:00
- 1 min read
Chexiya poytaxti metrosida 1-sentabr kuni 7 yoshli bola telefonga chalg‘ib, relsga tushib ketdi. Hodisa poyezd kelishidan bir necha soniya oldin sodir bo‘lgan.
Shu payt bekatda bo‘lgan erkak poyezd yaqinlashib kelayotganiga qaramay, darhol relsga tushib, bolani olib chiqqan. Yo‘lovchilardan biri esa perrondagi favqulodda to‘xtatish tugmasini vaqtida bosgan. Shu tariqa bola omon qolgan.