
- 2
- 27.09.2025 15:40:00
- 1 min read
Avvalroq, Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin bogʻcha bolasi zaharlangani haqida xabar bergandik. Hodisa bo‘yicha 7 kishi hibsga olindi. Ulardan 2 nafari — mahsulot ishlab chiqaruvchilar, qolganlari esa autsorsing kompaniyalari vakillari. Epidemiologik surishtiruvlar davom etmoqda, dastlabki taxminlarga ko‘ra, zaharlanishga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Deputat Narimon Umarov voqea yuzasidan Bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yo‘llagan.