Hindistonda 6 yoshli bola o‘qituvchi tomonidan urilgach, vafot etdi

Hindistonda 6 yoshli bola o‘qituvchi tomonidan urilgach, vafot etdi
  • 2
  • 21.08.2026 16:34:00
  • 1 min read

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida 6 yoshli maktab o‘quvchisi dars vaqtida hushidan ketib, vafot etdi. Bolaning ota-onasi o‘qituvchi uni uy vazifasini bajarmagani uchun urganini aytmoqda. Maktabdagi kuzatuv kamerasi yozuvlarida ham o‘qituvchi bolani koyib, shapaloq urganidan keyin yiqilganini ko‘rish mumkin. O‘qituvchi bolani uyg‘otishga uringan, biroq u o‘ziga kelmagan va shifoxonada vafot etgan. Oila o‘qituvchi va maktab rahbariyatiga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini talab qilmoqda.
Bolaning o‘limiga aniq nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tergov boshlangan. Bolaning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza xulosasi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News