O‘zbekistonda yarim yilda 506 ming kishi doimiy ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yarim yilda 506 ming kishi doimiy ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi
  • 3
  • 25.08.2026 16:21:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki olti oyida 506 ming nafar aholi doimiy ishga joylashtirildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, shu davrda 2,6 mln kishining daromadi oshirilgan, 546 ming nafar norasmiy band fuqaroning faoliyati qonuniylashtirilgan. Mahallalarda ishga tushirilgan 104 mingta mikroloyiha orqali 246 ming kishining bandligi ta’minlangan.

Hisobotga ko‘ra, ishsizlik darajasi 4,8 foizdan 4,5 foizga, kambag‘allik darajasi esa 4,5 foizga tushgan. 37,8 mingga yaqin yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sgani ma’lum qilindi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News