
- 0
- 09.10.2025 12:34:00
- 1 min read
Buxoro va Navoiy viloyatlarida noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan 37 nafar shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruvlar davomida Shofirkon va Konimex tog‘ hududlarida noqonuniy oltin qazish holatlari aniqlangan. Huquqbuzarlardan 3 ta Ford avtomobili, 8 ta perforator, 6 ta kompressor, 400 ga yaqin ruda to‘ldirilgan qop va boshqa uskunalar musodara qilingan. Noqonuniy faoliyat oqibatida davlatga 20 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Yig‘ilgan materiallar Davlat xavfsizlik xizmatiga topshirilgan, barcha ishtirokchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.