
- 0
- 10.10.2025 13:17:00
- 1 min read
Jizzax viloyatining Forish tumanida 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bog‘chalarida tarbiyalanayotgan 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Bolalarda isitma, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rishi va holsizlik kabi belgilar kuzatilib, ularning barchasiga o‘tkir diareya tashxisi qo‘yildi. Tekshiruvlarga ko‘ra, bolalar biokefir, pishloq va sariyog‘ mahsulotlarini iste’mol qilgan. Mutaxassislar zaharlanishga sanitariya qoidalarining buzilishi sabab bo‘lganini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.