Shri Lankada erkakning qovug‘idan 3 kg tosh olib tashlandi

Shri Lankada erkakning qovug‘idan 3 kg tosh olib tashlandi
  • 1
  • 19.08.2026 15:01:00
  • 1 min read

Shri Lankada shifokorlar 55 yoshli erkakning qovug‘idan 3,1 kilogramm og‘irlikdagi va tuyaqush tuxumidek katta toshni olib tashladi.
Bemor insultdan davolanayotgan paytda unda peshob chiqarish qiyinlashgani aniqlangan. Tekshiruvlar qovuqda ulkan tosh borligini ko‘rsatgan. Jarrohlikni urolog Pragaladxan Balakrishnan boshqargan. Uning aytishicha, tosh yangi tug‘ilgan chaqaloqdek og‘ir bo‘lgan. Bemorning ahvoli hozir yaxshi.
Shifokorlar bu hujjatlashtirilgan eng katta qovuq toshi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkinligini aytmoqda. Avvalgi Ginnes rekordi 2003-yilda Braziliyada qayd etilgan bo‘lib, u yerdagi tosh 1,9 kilogramm bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News