
- 4
- 03.09.2026 18:32:00
- 1 min read
Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali qo‘shni davlatga 240 ming dollarni noqonuniy olib chiqishga uringan ikki nafar fuqaro ushlandi.
Bojxona va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda piyoda holda chegaradan o‘tayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng ular shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Natijada fuqarolarning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan jami 240 ming AQSH dollari topilgan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.