
- 2
- 05.09.2026 13:42:00
- 1 min read
Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida 20 yoshli talaba (ijtimoiy tarmoqlarda “Bittu Tabahi” nomi bilan tanilgan) Surendra Singh Chaudxari ifloslangan Ajnar daryosini yolg‘iz o‘zi tozaladi.
U tozalashni 2026-yil yanvar oyida boshlagan va jarayonni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda ulashib borgan.
Bittu bu ishni to‘xtatmoqchi emas, chunki odamlar chiqindi tashlashdan to‘xtamayapti. Hozirda u daryoni tozalash ishlarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Uning mehnati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab odamlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.