Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
  • 12
  • 12.10.2026 11:06:00
  • 1 min read

Istanbul aeroportida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi sog‘ligi keskin yomonlashgani bois O‘zbekistonga qaytarildi.
Ma’lum qilinishicha, A.S. ismli fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ishlashni davom ettira olmagan va vatanga qaytishga qaror qilgan. U Istanbul aeroportiga kelganida hushini yo‘qotgan. Yurtdoshimiz zudlik bilan shifoxonaga yetkazilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Davolanish xarajatlarining bir qismi esa Turkiyada yashayotgan vatandoshlar tomonidan qoplangan. Shundan so‘ng, u Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi ko‘magida vatanga qaytarilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News