
- 1
- 20.08.2026 19:59:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Chery avtomobili kichkina bolani bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 30-iyun kuni Qashqadaryoning Qamashi tumanida sodir bo‘lgan.
17 yoshli haydovchi avtomobilni harakatga keltirgan vaqtda yo‘l chetida turgan 3 yoshli bolani ehtiyotsizlik sabab bosib ketgan. Bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mashina vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.