Hindistonda 17 bola yo‘talga qarshi siropdan vafot etdi

Hindistonda 17 bola yo‘talga qarshi siropdan vafot etdi
  • 0
  • 10.10.2025 13:12:00
  • 1 min read

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida 17 nafar bola Coldrif nomli yo‘tal siropini ichgach vafot etdi. Yana 11 nafar bolaning ahvoli og‘ir. Barcha bolalar buyrak yetishmovchiligi va og‘ir miya shikastlanishidan aziyat chekkan. Tekshiruv natijasida sirop tarkibida dietilenglikol deb ataluvchi zaharli modda aniqlangan. Dietilenglikol miya to‘qimalariga yopishadi va uni organizmdan chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Uning ruxsat etilgan me’yori 0,1 foiz, ammo namunada 48,6 foiz mavjud bo‘lib, bu me’yordan deyarli 500 baravar ko‘p. Mahalliy hokimiyat dorini dorixonalardan va uylardan yig‘ishtirib olishni boshlagan. O‘zbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining ma’lum qilishicha, Coldrif siropi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va ishlatilmaydi. ❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi “Dok-1 Maks” siropidan 69 nafar bola o‘lgandi. Shuningdek, 18 nafar bola nogironlik orttirib olgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News