O‘zbekistonda 9 oyda 155 nafar voyaga yetmagan qiz turmushga chiqqan

O‘zbekistonda 9 oyda 155 nafar voyaga yetmagan qiz turmushga chiqqan
  • 8
  • 17.10.2025 13:34:00
  • 1 min read

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning ma’lum qilishicha, 2025-yilning dastlabki 9 oyida mamlakatda 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga uzatilgan. Vazirga ko‘ra, bu qizlarning yoshi 15–17 oralig‘ida bo‘lgan. U erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar nogiron farzandlar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. ❗️ 14-oktabr kuni prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2025-yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajralib ketgani hamda 16 ming ota-ona aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgani maʼlum qilindi. Shuningdek, 1-dekabrdan nikoh shartnomasi asl nusxasini notariusga topshirish talabi bekor qilinib, endi u “Notarius” axborot tizimiga elektron tarzda yuklanishi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News