
- 0
- 16.10.2025 13:30:00
- 1 min read
Qozog‘istonda 9-sinf o‘quvchisi o‘gay bobosidan farzand ko‘rdi. Holat Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, dars vaqtida o‘quvchi qizni to‘lg‘oq tutgan. Qiz og‘riqdan shikoyat qilgach, uni shifoxonaga olib borishgan va unda 39-haftalik homiladorlik aniqlangan. 15 yoshli qiz o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan. Chaqaloqni qarindoshlari olib ketgan, o‘quvchining ahvoli qoniqarli ekanligi ma’lum qilingan.
Bungacha na o‘qituvchilar, na oila a’zolari uning homilador ekanligini bilishmagan.
Hozirda politsiya jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Gumonlanuvchi buvining eri. Biroq u qizning biologik bobosi emas. Erkak hibsga olingan, surishtiruv ishlari davom etmoqda.