
- 1
- 18.10.2025 15:07:00
- 1 min read
Toshkentda uzunligi 24 km bo‘lgan yangi sayyohlik va gastronomik ko‘chalarni qurish rejalashtirilmoqda, buning uchun 2026-yilda 1 trillion so‘m ajratiladi, Bu haqda shahar hokimi Shavkat Umurzakov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, 24 kilometr hududda tunu kun faoliyat yurituvchi gastronomik ko‘chalar tashkil etiladi. Natijada 20–30 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Umurzakovning aytishicha, loyiha Toshkent aholisi his qiladigan yirik tashabbus bo‘lib, kelgusida 100 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini beradi.