
- 3
- 22.08.2026 19:21:00
- 1 min read
Shveysariya Alp tog‘larida dunyoning eng boy odamlari uchun qimmatbaho buyumlarni saqlashga mo‘ljallangan yerosti omborlari qurilmoqda. Ular tabiiy ofatlar, urush yoki boshqa yirik falokatlar yuz bergan taqdirda boyliklarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Omborxonalarda oltin, pul, san’at asarlari, avtomobillar va boshqa qimmatbaho buyumlarni saqlash mumkin. Ular Bryunig massivida, yer ostining 100 metrdan ortiq chuqurligida joylashadi. Qurilish 2026-yil yanvarida boshlangan. Dastlabki omborlarni 2028-yilda foydalanishga topshirish kutilmoqda.
Bitta ombordan 99 yil foydalanish narxi 1 million yevrogacha yetishi mumkin. Majmuaga kirishda bir necha bosqichli xavfsizlik nazoratidan o‘tish talab etiladi. Omborlarda giyohvand moddalar va portlovchi moddalarni saqlash taqiqlanadi. Omborlarning xavfsizlik darajasi Shveysariya Milliy banki omborlarinikiga teng bo‘lishi va’da qilinmoqda.