
- 15
- 14.11.2026 14:32:00
- 1 мин оқу
Xitoyda ulkan T. rex dinozavrining robotlashtirilgan modeli sinovdan o‘tkazilmoqda.
Hozircha uning tanasi faqat po‘lat karkas, mexanik bo‘g‘inlar va harakatlantiruvchi mexanizmlardan iborat. Muhandislar tashqi qoplama va sun’iy teri o‘rnatilishidan oldin dinozavrning harakatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
⚙️ Ushbu mexanik tizim haqiqiy dinozavrning suyaklari va mushaklari vazifasini bajarib, uning tabiiy harakatlarini taqlid qilish imkonini beradi.
Sichuan Genial Technology kompaniyasi ko‘rgazmalar va istirohat bog‘lari uchun haqiqiy o‘lchamdagi robot-dinozavrlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.