Baqlajonni o‘zgacha uslubda pishiramiz🍆

Baqlajonni o‘zgacha uslubda pishiramiz🍆
  • 3
  • 04.06.2026 11:02:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
2 dona baqlajon
150 gr pishloq
4 dona pomidor
5 dona sarimsoq
biroz ukrob va petrushka
150 gr tvorogli pishloq

Tayyorlanishi:
Baqlajonlar tangacha shaklida kesilib, patnisga terib chiqladi. Ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan sir sepilib, 180 °C da 20–25 daqiqa pishiriladi. Keyin, pishgan baqlajonlar chappa qilinib, ustiga maydalab to‘g‘ralgan ukrob, petrushka va chisnok bilan aralashtirilgan tvorogli pishloq surtib chiqiladi. So‘ng, tvorogli pishloq ustidan tangacha shaklida kesilgan pomidor qo‘yilib, rulet shaklida o‘raladi. Tayyor bo‘lgan baqlajonli ruletni, 10 minutga muzlatkichga yuborib, dasturxonga tortishingiz mumkin!

Yoqimli ishtaha🤗🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News