
- 4
- 19.10.2026 10:40:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
500 gr mol go‘shti
500 gr piyoz
2 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi
biroz tuz, zira va qora murch
Xamiri uchun:
700–800 gr un
2 dona tuxum
300 ml muzdek suv
1 choy qoshiq tuz
250 gr sariyogʻ
Tayyorlanishi:
Birinchi yumshoq xamir qorib oling. Xamir tinguncha, somsa nachinkasini tayyorlang. Idishga goʻsht va piyozni toʻgʻrab soling va ziravorlar qoʻshib yaxshilab aralashtiring. Keyin xamirni zuvalachalarga boʻling. Zuvalachalarni yoyib, ustiga erigan sariyogʻ surting va oʻrang. Oʻrab boʻlgandan soʻng, xamirni bir xil shaklda kesing. Kesilgan xamirni dumaloq qilib yoying va ichiga somsa nachinkasini solib, uchburchak shaklida tuging. Bukilgan somsalar ustiga tuxum sarigʻi surting va sedona qoʻyib, pishirishga joʻnating. Mazali somsalarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🥰😍