Uzbekistan Fashion Week 2026: poytaxtda moda haftaligi boshlandi

Uzbekistan Fashion Week 2026: poytaxtda moda haftaligi boshlandi
  • 10
  • 06.11.2026 14:13:00
  • 1 мин оқу

5-noyabr kuni Toshkentda Uzbekistan Fashion Week 2026 moda haftaligining VI mavsumi boshlandi. Tadbirning ilk kunida dizayner Suhrob Habibning mualliflik kolleksiyasi namoyish etildi.
Bu yilgi moda haftaligi “Tashkent as a Meeting Point” (“Toshkent — uchrashuv nuqtasi”) konsepsiyasi ostida tashkil etilgan bo‘lib, moda, me’morchilik va madaniyatni birlashtirishga qaratilgan.
Namoyishda yosh modellar bolalar uchun yaratilgan liboslarda podiumga chiqdi. Shuningdek, dizaynerning qizlar va yigitlarga mo‘ljallangan kolleksiyasi taqdim etildi.
Erkaklar modasiga ixtisoslashgan Suhrob Habib o‘z ijodida zamonaviy klassika, nafislik va retro uslubni uyg‘unlashtiradi. U 2022-yilda “Eng yaxshi erkaklar kiyimi dizayneri” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
Loyiha asoschisi va rahbari Dilnoza Umurzakovaning ta’kidlashicha, moda haftaligi nafaqat yangi kolleksiyalar namoyishi, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy tajriba almashish uchun ham muhim maydondir.
Uzbekistan Fashion Week 2026 moda haftaligi 8-noyabrga qadar davom etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News