“Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi tizeri e’lon qilindi

  • 0
  • 11.11.2026 20:02:00
  • 3 мин оқу

Netflix platformasi mashhur “Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi uchun ilk tizer taqdim etdi. Serialning yangi va final mavsumi 24-dekabr kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Tizerda Emili Kuperning Parijdagi hayotining navbatdagi bosqichi va uni kutayotgan yangi voqealarga ishora qilinadi. Marsello bilan munosabatlari yakunlanganidan so‘ng Parijga qaytgan Emili diqqatini ishiga qaratishga urinadi. Biroq Gabriel u bilan munosabatlarini tiklash umididan voz kechmaydi va qizni Gretsiyaga sayohatga taklif qiladi.

Shu bilan birga, Emili va Silvi professional hayotida ham jiddiy sinovlarga duch keladi. Ular marketing agentligini yangi investor — malika Jeynning korporativ rejalari va bosimidan himoya qilish uchun kuchlarini birlashtiradi.

Avvalroq bosh rol ijrochisi Lili Kollinz ham serial bilan xayrlashganini ma’lum qilgan edi. Aktrisa Parijdagi Estrapa maydonida “Fin” (Yakun) yozuvi tushirilgan kresloda o‘tirgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, Emili Kuper obrazi uning hayotida alohida o‘rin tutganini ta’kidlagan.

“Emili shuncha yillar davomida hayotimning bir qismi bo‘ldi. U meni doimo hayratda qoldirdi, ilhomlantirdi va yangi sinovlarga chorladi”, — deb yozgan aktrisa.

Ma’lumot uchun, “Emili Parijda” serialining ilk mavsumi 2020-yil 2-oktabrda Netflix platformasida namoyish etilgan. Komediya-dramatik loyiha Parijdagi nufuzli marketing agentligida ish boshlagan amerikalik qizning kasbiy va shaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi. Serialning keyingi mavsumlarida voqealar Fransiyadan tashqariga ham ko‘chib, Rim, Venetsiya va Sen-Trope kabi Yevropa shaharlarini qamrab olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News