
- 1
- 27.02.2026 15:57:00
- 1 мин оқу
12 dona blinchik kerak bo‘ladi.
Xamir uchun:
Tuxum — 4 dona
Iliq sut — 500 g
Tuz — 1 ch.q (tepasiz)
Shakar — 5 osh qoshiq (tepalab)
Qaynagan suv — 300 g
Un — 160 g
O‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq
Krem uchun:
Tvorogli pishloq (cream cheese) — 300 g
33% yog‘li qaymoq — 120 g
Qand upasi — 90 g
Tuxum, shakar va tuzni venchik bilan yaxshilab aralashtiring. Iliq sutni qo‘shing, un solib aralashtiring. So‘ng qaynagan suv va o‘simlik yog‘ini qo‘shib, yana yaxshilab aralashtiring. Xamirga 4 tomchi qizil oziq-ovqat bo‘yoqchasi tomizing.
Blin pishiradigan tovada eng past olovda pishiring. Rangini saqlab qolishning asosiy siri ham shu. Agar birinchi blin yopishib qolishidan xavotir qilsangiz, tovani ozgina yog‘ bilan surting. Tovani faqat birinchi blin oldidan 1 marta yog‘lang, keyingilari yopishmaydi. Odatdagidek blinlarni qovuring.
Tvorogli pishloq, 33% qaymoq va qand upasini birlashtirib, venchik bilan ko‘pirtiring.
Yig‘ish usuli:
Uchta blinni birlashtirib, ustiga krem surting va trubochka qilib o‘rang. Keyin atirgul shaklida terib chiqing, har bir blinni krem bilan surting.
Eng chiroyli blinli tort tayyor.