Shohrux Xon va Dipika Padukonning yangi qo‘shig‘i YouTube’da rekord o‘rnatdi

Shohrux Xon va Dipika Padukonning yangi qo‘shig‘i YouTube’da rekord o‘rnatdi
  • 10
  • 05.11.2026 11:15:00
  • 1 мин оқу

Bollivud yulduzi Shohrux Xon va Dipika Padukon ishtirokidagi “Qirol” (“King”) filmining “Tu Mil Jaaye” qo‘shig‘i YouTube’da dastlabki 24 soat ichida eng ko‘p tomosha qilingan hind kino qo‘shig‘iga aylandi.

2-noyabr kuni Shohrux Xonning 61 yoshga to‘lishi munosabati bilan taqdim etilgan qo‘shiq bir sutkada 36,3 million marta tomosha qilingan.

Shu tariqa, “Tu Mil Jaaye” aktyorning “Javan” filmidagi “Zinda Banda” qo‘shig‘ining 34,6 millionlik natijasidan o‘zib ketdi. Bundan tashqari, yangi tarona turli raqamli platformalarda jami 60 milliondan ortiq ko‘rish va YouTube’da 430 mingdan ziyod layk to‘plagan.

Qo‘shiqni Arijit Singx va Madhubanti Bagchi ijro etgan. Unda britaniyalik mashhur xonanda Ed Shiran ham ishtirok etgan.

Rejissyor Siddhart Anand tomonidan suratga olingan“Qirol” filmi 2026-yil 24-dekabrda jahon kinoteatrlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News