Sendvich🥪

Sendvich🥪
  • 3
  • 16.09.2026 10:42:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
3 dona tuxum
biroz tuz, qizil qalampir va qora murch
2 bo‘lak tost noni
biroz pishloq va salat bargi
1 dona pomidor

👩‍🍳 Tayyorlanishi:
Tuxumlarni ziravorlar bilan yaxshilab ko‘pirtiring. Tovaga yog‘ solib qizdiring va tuxumli aralashmani bir tekis qilib quying. Tuxum hali suyuq holatda bo‘lganida, 2 bo‘lak tost nonini yonma-yon qilib tuxum ustiga qo‘ying va biroz bosib turing.
Tuxumning tagi pishib, qotgach, nonlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan ag‘daring. Tashqarida qolgan tuxum chetlarini nonlarning ustiga buklang. Nonlar orasiga ingichka qilib kesilgan pishloq, pomidor va salat barglarini joylashtiring.
So‘ng, nonlarnibirlashtirib, pishloq eriguncha ikki tomonini ham qizartirb pishirib oling. Mazali sendvichlarimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha🤗

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News