
- 3
- 25.11.2026 11:39:00
- 1 мин оқу
2027-yilda bölib ötadigan “Oltin globus” mukofoti uçun ovoz beriş jarayoni boşlandi. Variety naşrining ma’lum qilişiça, mukofotning turli nominatsiyalari böyiça jami 170 ta film hamda 475 nafar aktyor va aktrisaning ijodiy işlari taqdim etilgan.
“Eng yaxşi dramatik film” nominatsiyasiga 88 ta, “Eng yaxşi myuzikl yoki komediya filmi” nominatsiyasiga esa 43 ta kartina taqdim etilgan. Ular orasida Kristofer Nolanning “Odisseya”, Deni Vilnyovning “Dyuna: 3-qism”, “Örgimçak odam: Yangi kun” hamda Devid Finçerning “Kliff Butning navbatdagi sarguzaştlari” filmlari bor.
Aktyorlik nominatsiyalarida Bred Pitt, Robert Pattinson, Tom Holland, Rayan Gosling, Zendeya, Enn Xeteuey, Meril Strip, Mark Ruffalo va Florens Pyu kabi taniqli kinoijodkorlar mukofotga da’vogarlik qilmoqda.
Eng köp ariza ikkinçi darajali erkak roli nominatsiyasida qayd etilgan. Uşbu yönalişda 198 nafar aktyorning 221 ta ijodiy işi taqdim etilgan.
Şuningdek, eng yaxşi rejissyor nominatsiyasida 131 nafar kinoijodkor iştirok etmoqda. Ular orasida Stiven Spilberg va Kristofer Nolan ham bor. Eng yaxşi ssenariy nominatsiyasiga 121 ta, original musiqa yönalişiga 100 ta, original qöşiq nominatsiyasiga esa 51 ta ariza topşirilgan.
Eng yaxşi animatsion film mukofoti uçun 24 ta, xorijiy tildagi eng yaxşi film nominatsiyasida esa 42 ta kartina da’vogarlik qilmoqda.
Hozirça eng köp nominatsiyani qölga kiritişi kutilayotgan filmlar va kinostudiyalar röyxati e’lon qilinmagan.