“Oskar–2027” mukofotiga da’vogar filmlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Oskar–2027” mukofotiga da’vogar filmlar ro‘yxati e’lon qilindi
  • 1
  • 24.11.2026 11:05:00
  • 1 мин оқу

Amerika kino san’ati va fanlari akademiyasi 99-“Oskar” mukofotining animatsion, hujjatli va xalqaro filmlar yo‘nalishlarida ishtirok etish huquqiga ega filmlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan 38 ta animatsion, 104 ta xalqaro va 190 ta hujjatli film o‘rin olgan. Animatsion va xalqaro filmlar soni mukofot tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Animatsion filmlar orasida “O‘yinchoqlar tarixi 5”, “Super Mario galaktikasi”, “Minionlar va mahluqlar” kabi kartinalar bor.

Xalqaro filmlar yo‘nalishida 100 ta film mamlakat va hududlar tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, yana to‘rtta film nufuzli xalqaro kinofestivallarda qo‘lga kiritgan mukofotlari orqali ro‘yxatga kiritilgan.

Hujjatli filmlar esa musiqa, siyosat, san’at, sport va jinoyat mavzularini qamrab olgan.

Mukofotning saralangan filmlar ro‘yxati 2026-yil 15-dekabrda, yakuniy nominantlar esa 2027-yil 21-yanvarda e’lon qilinadi.

99-“Oskar” mukofotini topshirish marosimi 2027-yil 14-mart kuni Gollivuddagi “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News