
- 4
- 04.06.2026 11:06:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
700 gr mol go‘shti
300 gr piyoz
1 kg pomidor
50 gr sariyog‘
2 dona qatlama patir
200 gr qurut
Tayyorlanishi:
Birinchi go‘shtni yupqa qilib kesib, sariyog‘da qovurib olamiz. So‘ng, laganda qatlama patirlarimizni to‘g‘raymiz. To‘g‘ralgan patirlar ustidan pomidor, piyoz, rayhon qo‘shib tayyorlangan salatimizni qo‘yamiz. Keyin, qurutlarimizni suv yordamida yaxshilab aralashtirib, suyuqroq holatga keltiramiz va salat ustidan quyamiz. Oxirida, qurutobimizning ustki qismiga go‘sht qo‘yib, biroz sariyog‘ qo‘shamiz. Endi dasturxonga tortishingiz mumkin!
Yoqimli ishtaha😋🤗