
- 11
- 27.03.2026 17:54:00
- 1 мин оқу
Yapon muhandislari ‘‘Yapon halqasi’’ deb nomlangan ulkan loyihasini Dailygalaxy ilmiy portalida e’lon qildi. Loyiha oyni 11 km uzunlikdagi quyosh panellari bilan o‘rashni va yer aholisi uchun kecha-yu kunduz energiya ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Ta’kidlanishicha, quyosh elektr stansiyasining qurilishi robotlar yordamida amalga oshirilib, odamlar yerdan turib ularni boshqaradi. Ma’lumot uchun, energiyani yerga yetkazishda, mikroto‘lqinlar va lazerdan foydalanilib, oyning ko‘rinadigan tomonidagi maxsus antennalar nurlarni sayyoramizdagi qabul qilish stansiyalariga yo‘naltiradi. Shimiz hisob-kitoblariga ko‘ra, quyosh panellari to‘liq quvvatda ishlaganligi bois, ular 13 ming teravattgacha energiya ishlab chiqara oladi. Bu energiyaga bo‘lgan ehtiyojdan bir necha barobar ko‘pdir. Olimlar mazkur loyiha bo‘yicha qurilishga tayyorgarlikni 2035-yilda boshlashni kutmoqda.