
- 5
- 16.09.2026 10:44:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
200 gr maydalangan kokos qirindisi yoki uni
250 ml quyultirilgan sut
200 gr sutli shokolad
Tayyorlanishi:
Idishda maydalangan kokos qirindisi va quyultirilgan sutni qattiq, zich massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. So‘ng, massani bounty shokoladlari kabi shaklga keltiring. Tayyor bo‘lgan batonchalarni pishirish qog‘ozi to‘shalgan likopchaga terib, yaxshilab qotishi uchun taxminan 30 daqiqa muzlatkichga qo‘ying.
Bu orada sutli shokoladni eritib oling. Sovutilgan batonchalarning har birini ehtiyotkorlik bilan eritilgan shokoladga botiring va pishirish qog‘ozi ustiga qo‘ying. Shokolad hali yumshoq paytida vilka yordamida ustidan yengil chiziqlar tortib, bounty shokoladlaridagi kabi naqsh bering. Tayyor batonchalarni yana taxminan 10 daqiqaga muzlatkichning muzlatish qismiga qo‘ying. Mazali bounty shokoladlari tayyor!
Yoqimli ishtaha☕️🥥🤩