Sarimsoqli non

Sarimsoqli non
  • 2
  • 25.02.2026 07:13:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:

Xamiri uchun:

- 3,5 stakan un

- 1,5 stakan suv

- 1 paket quruq xamirturush

- 1 choy qoshiq tuz

- 1 choy qoshiq shakar

- 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i

Sousi uchun:

- Zaytun moyi

- Mayda to‘g‘ralgan petrushka (istasa shivit ham bo‘ladi)

- 2 dona sarimsoq

- Tuz

Ustiga:

- Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq (kaşar)

- Zaytun

Tayyorlanishi: Xamir uchun barcha masalliqlarni bir idishga solib, taxminan 15 daqiqa davomida yaxshilab yoğuramiz. Silliq va yumshoq xamir bo‘lishi kerak. Xamir ustini yopib, 1 soatcha achitamiz. Achigan xamirni un sepilgan stol ustida yoyib, listga (tepsiga) joylaymiz. Ustiga pichoq bilan chiziqlar tortamiz. Zaytun moyi, mayda to‘g‘ralgan petrushka va sarimsoqni aralashtirib, xamir ustiga surtamiz. So‘ng pishloq va zaytun qo‘shamiz. 180°C da oldindan qizdirilgan, ventilyatorsiz pechda usti qizarguncha pishiramiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News