
- 4
- 27.03.2026 17:56:00
- 1 мин оқу
Rostini aytsam, eng chiroyli ko‘rinadigan va eng sog‘lom desertlardan biri.
Masalliqlar:
- 2 dona banan
- 1 osh qoshiq kakao
- 4 osh qoshiq eritilgan shakarsiz qora shokolad (xohlasangiz ko‘proq qo‘shishingiz mumkin)
Ustiga:
Qulupnay, malina va ko‘k mevalar (chernika)
Tayyorlanishi:
Idishni streych plyonka bilan qoplab, pastiga mevalarni joylang.
Banan, kakao va eritilgan shokoladni blenderda aralashtirib, ustidan quying.
Muzlatkichda qotguncha muzlatib qo‘ying. Dasturxonga tortishdan oldin teskarisiga ag‘daring. Kvadrat qilib kesib berish ham juda chiroyli chiqadi.
Yoqimli ishtaha!