Albatta tayyorlab ko‘ring😍😍

Albatta tayyorlab ko‘ring😍😍
  • 2
  • 05.05.2026 18:07:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
800 gr tovuq ko‘kragi
2 dona qizil bulg‘or qalampiri
2 dona yashil qalampir
1 dona piyoz
1 choy qoshiq tuz, qizil qalampir, zira
7 dona lavash xamiri
300 gr qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq

Tayyorlanishi:
Avval tovada to‘g‘ralgan tovuq go‘shti qovurib olinadi. So‘ng, ustiga piyoz, bulg‘or qalampiri va ziravorlar solinib, yaxshilab pishriladi. Alohida idishda esa,  1 stakan maydalangan pomidor, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 1 choy qoshiq tuz, 1 stakan suv biroz qaynatilib, sous tayyorlab olinadi. Keyin, har bir lavash xamiri ichiga tovuq aralashmasidan solib, ustiga maydalangan pishloq qo‘yiladi va mahkam o‘raladi. Lavashlar idishga joylanishidan oldin, tagiga biroz sous surtib chiqiladi. Qolgan sous va pishloq esa lavashlar ustiga surtiladi. Nihoyat, lavashlar oldindan qizdirilgan 190°C pechda usti qizarguncha pishiriladi va dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!🤗❤
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News