Tvorogli pirog🍰

Tvorogli pirog🍰
  • 9
  • 13.06.2026 11:00:00
  • 1 мин оқу

Xamiri uchun:
300 gr margarin
400 gr un
150 gr shakar
3 osh qoshiq smetana
8 dona tuxum sarig‘i
10 gr razrixlitel

Tvorogi uchun:
1200 gr tvorog
1 dona tuxum
2 osh qoshiq makkajo‘xori kukuni

Beze uchun:
8 dona tuxum oqi
350 gr qand upasi
0,5 choy qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali

Tayyorlanishi:
Xamiri uchun un ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilga maragarin qo‘shilib, aralashtiriladi. Keyin, shakar, smetana, tuxum sarig‘i va razrixlitel solinib, yumshoq xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir patnisda bir tekisda yasalib, pechda pishirib olinadi. Tvorog, tuxum va makka jo‘xori kukuni blenderda maydalanib, pishgan pirog ustiga surtib chiqiladi va yana pechga jo‘natiladi. Tvorogli pirogning beze uchun birinchi tuxum oqi ko‘pirtirilib, oz-ozdan qand upasi qo‘shib boriladi. Oxirida, limon sharbati va makkajo‘xori kraxmali qo’shilib, yana ko‘pirtiriladi. So‘ng, beze tvorog ustidan surtilib, pechda usti qizarhuncha pishiriladi. Hohishga ko‘ra, tvorogli pirog ustidan qand upasi sepishingiz mumkin!

Yoqimli ishtaha❤️🍷

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News