Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olindi

Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olindi
  • 5
  • 17.01.2023 11:45:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida energiya ta’minotidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/5824

“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman”, dedi prezident.

Yig‘ilishda tabiiy gaz va elektr ta’minoti, kommunal sohadagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Masalan, Toshkent shahrida o‘nlab mahallalarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lgan. Ayrim transformator va past kuchlanishli tarmoqlar ortiqcha yuklamaga bardosh berolmay ishdan chiqqan.

Buning sababi qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmagan. Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagan. Ruxsatsiz qurilgan ob’yektlar soni 250 dan oshib ketgan.

Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, shuningdek, respublikadagi bir qator tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Bahtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News