
- 24
- 16.06.2026 17:04:00
- 1 min read
Albaniya Prezidenti Bajram Begajning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya Birinchi xonimi Armanda Begaj o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida tomonlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Madaniy dastur doirasida Albaniya Birinchi xonimi o‘zbek amaliy san’ati namunalari bilan tanishdi. Mehmonlarga yog‘och o‘ymakorligi, qadimiy so‘zana kashtachiligi va an’anaviy kulolchilik san’ati namoyish etildi. Tadbirning yorqin lahzalaridan biri milliy liboslar namoyishi hamda O‘zbekistonning turli hududlariga xos “Kelin salom” marosimi taqdimoti bo‘ldi. Armanda Begay o‘zbek xalqining boy urf-odatlari va milliy qadriyatlariga alohida qiziqish bildirib, ularning tarixiy ildizlari va betakrorligini yuqori baholadi.