O‘zbekistonda kredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar qisqartiriladi

O‘zbekistonda kredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar qisqartiriladi
  • 4
  • 22.10.2026 13:19:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda banklar kredit ajratishda talab qiladigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish vazifasini qo‘ydi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda banklar kredit ajratish uchun 102 turdagi hujjat talab qilmoqda. Ularning 53 tasi davlat axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasi esa kreditlash jarayoniga aloqador emas.
Prezident banklar kreditlarni faqat garovga qarab emas, balki mijozning pul oqimi va aniq buyurtmalarini ham hisobga olgan holda ajratishi kerakligini ta’kidladi. Bunday yondashuv tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini yengillashtirishi kutilmoqda.
Shuningdek, banklar faoliyati ajratilgan kreditlar yoki joriy etilgan yangi mahsulotlar soni bilan emas, balki ular yordamida rivojlangan korxonalar va biznes natijalari bilan baholanishi belgilandi.
Qayd etilishicha, bu o‘zgarishlar tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni tezlashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kerak.

#casia #news #Kredit #Uzbekistan

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News