
- 7
- 04.11.2026 17:58:00
- 1 min read
Özbekistonda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan töldiriş taqiqlandi. Uşbu talabni buzganlarga 1,32 mln sömdan 2,2 mln sömgaça jarima solinadi.
Bu haqda 2-noyabr kuni imzolangan qonunda belgilangan.
Şuningdek, bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari yonğindan majburiy suğurta qiliş talabini bajarmasa, mansabdor şaxslarga 22 mln sömdan 33 mln sömgaça jarima solinadi.
Yonğin auditini ötkaziş talablarini buzgan fuqarolar 6,6 mln söm, mansabdor şaxslar esa 13,2 mln söm jarimaga tortiladi.