
- 4
- 04.11.2026 17:02:00
- 1 min read
Andijon viloyati Böston tumanida YPX inspektorini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, YPX inspektori Damas rusumli avtomobilni hujjatlarini tekşiriş uçun töxtatgan. Haydovçida avtomobilni boşqariş uçun zarur hujjatlar bölmagani sababli unga bayonnoma rasmiylaştirilib, maşina jarima maydoniga joylaştirilgan.
Şu vaqtda avtomobilda yölovçi bölib ketayotgan fuqaro inspektorni videoga olib, haqorat qilgan va tasvirlarni Instagram sahifasiga joylagan.
Sud qarori bilan fuqaro Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-2-moddasi asosida 8 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan.