Buvisi tengi ayolga shilqimlik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Buvisi tengi ayolga shilqimlik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi
  • 1
  • 06.08.2026 17:54:00
  • 1 min read

Avvalroq Toshkentda mast yigit 75 yoshli keksa ayolga shahvoniy shilqimlik qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 4-avgust kuni “Do‘stlik” bog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea guvohlari yigitni ushlab, ichki ishlar xodimlariga topshirgan.
Sudda 22 yoshli yigit aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Biroq sud uni mayda bezorilik, jamoat joyida mast holda bo‘lish hamda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News