
- 1
- 07.07.2026 16:19:00
- 1 min read
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi.

Forum 7–11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilib, unda qatnashish uchun dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan odam tashrif buyurgan.

Ular orasida qariyb 300 nafar davlat va jamoat arbobi, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda nufuzli ulamolar ham bor.

Tadbir ochilishida Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tarixiy murojaatini o‘qib eshittirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur forum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda ICESCO hamkorligida tashkil etildi.
