
- 0
- 25.07.2026 17:20:00
- 1 min read
Toshkentning Yashnobod tumanida avtobus yo‘liga yotib, transport harakatini to‘sib qo‘ygan 50 yoshli ayol hushyorxonaga olib ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 25-iyul kuni soat 08:00 atrofida ayol Beshariq ko‘chasida ataylab yo‘lning qatnov qismiga yotib olib, jamoat tartibini buzgan va transport harakatiga xalaqit bergan.
Huquq-tartibot xodimlari bilan muloqot chog‘ida ayol mast holatda ekani aniqlanib, u 4-shahar klinik shifoxonasi hududidagi hushyorxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonunchilikka muvofiq tegishli qaror qabul qilinadi.