O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi
  • 0
  • 10.06.2026 10:21:00
  • 1 min read

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda zamonaviy raqamlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi. Bu haqda mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov ma’lum qildi.

Yangi tizim havo hujumidan mudofaa vositalari, harbiy aviatsiya va yuqori aniqlikdagi qurollardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, uchuvchisiz aviatsiya komplekslari bilan jihozlangan yangi bo‘linmalar ham tashkil etiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu islohotlar harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirib, muhim strategik obyektlar himoyasini kuchaytiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News