
- 0
- 25.05.2026 17:08:00
- 1 min read
Opta statistik portali Jahon chempionati favoritlari reytingini e’lon qildi (https://theanalyst.com/competition/fifa-world-cup/predictions). Unga ko‘ra, O‘zbekistonning chempion bo‘lish ehtimoli 0,07 foiz deb ko‘rsatilgan. Guruh bosqichidan o‘tish imkoniyati esa 5,45 foizni tashkil etadi. Bosqichlar bo‘yicha: 🔹 Nimchorak finalga: 12,25% 🔹 Chorak final: 3,78% 🔹 Yarim final: 1,16% 🔹 Final: 0,32% 🔹 Chempionlik: 0,07% Turnir favoritlari sifatida Ispaniya (15,43 foiz), Fransiya (12,54 foiz), Angliya (10,88 foiz) va Argentina (10,28 foiz) qayd etilgan. JCH–2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.