
- 11
- 02.06.2026 10:34:00
- 1 min read
O‘zbekiston ilk bor Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida a’zo sifatida qatnashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida xabar berdi. Nufuzli tadbirda dunyoning 175 ta davlatidan 1,5 mingdan ortiq yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha milliy ma’ruza taqdim etildi.
Shuningdek, sessiyada kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish va ochiq muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.