O‘zbekistonda tezlikni 80 km/soatdan oshirganlar haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

O‘zbekistonda tezlikni 80 km/soatdan oshirganlar haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
  • 0
  • 06.08.2026 18:36:00
  • 1 min read

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.
Loyihaga ko‘ra, belgilangan tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirgan haydovchilar transport boshqarish huquqidan mahrum qilinishi va 26,8 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Shuningdek, mast holda avtomobil boshqarish, noqonuniy poygalar va boshqa qo‘pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi, ayrim holatlarda esa transport vositasini 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish taklif etilmoqda.
Voyaga yetmagan shaxsga avtomobil boshqarishni topshirish og‘ir oqibatlarga olib kelsa, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi ham ko‘zda tutilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News