
- 0
- 29.06.2026 10:24:00
- 1 min read
Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kongo DRga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochib, O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Kongo DR o‘yinni o‘z foydasiga burdi. Yoan Vissa penaltidan hisobni tenglashtirdi, Fiston Mayele jamoasini oldinga olib chiqdi, qo‘shimcha daqiqalarda esa Vissa yana bir gol urib, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Natijada Kongo DR 4 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallab, eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa 0 ochko bilan guruhni so‘nggi o‘rinda yakunlab, Jahon chempionati bilan xayrlashdi.