
- 0
- 23.05.2026 16:54:00
- 1 min read
Joriy yilning 21-may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammadov boshchiligidagi delegatsiya Qatar poytaxti Doha shahriga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya vazir Qatar bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Al Tani bilan uchrashdi.
Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik masalalari, harbiy hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma muvofiqlashtirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.