O‘zbekiston va Gonkong hamkorligi yangi bosqichga chiqadi

O‘zbekiston va Gonkong hamkorligi yangi bosqichga chiqadi
  • 1
  • 04.06.2026 15:34:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Syangan (Gonkong) maxsus ma’muriy hududi Administratsiyasi rahbari Li Szyachao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Gongkong o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya rahbari prezidentga Si Szinpinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalari sezilarli darajada mustahkamlanganini ta’kidladi. May oyida Pekinda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Sian shahrida hududlararo forum, Gonkongda esa, iqtisodiy forum va sanoat ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.

Muzokaralarda “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiyalar, fintech, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va innovatsion startaplar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama vizasiz tartibni joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News