
- 0
- 08.08.2026 18:21:00
- 1 min read
Rossiyada Rossiya bayrog‘i va gerbi tasvirlangan poyandoz sabab jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytdi.
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va Rossiyadagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar hamkorligi natijasida ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi ta’minlanib, u vatanga qaytarilgan. Ayol poyandozni hurmatsizlik yoki yomon niyat bilan olmaganini, voqea bunday tus olishini kutmaganini aytdi. U vatanga qaytgach, yordam berganlarga va Prezidentga minnatdorlik bildirdi va migratsiya agentligi xodimlari hamrohligida Samarqandgacha kuzatib qo‘yildi.
Agentlik xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga 1282 qisqa raqami yoki O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishni tavsiya qildi.