
- 1
- 17.06.2026 10:24:00
- 1 min read
Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanida avtomobil va qarovsiz bino yonib ketdi. Hodisa 16-iyun kuni soat 22:16 da “Soy bo‘yi” MFY hududida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida noturar binoning 60 kv.m maydoni hamda 3 ta avtomobil (Labo, Hyundai, Mercedes-Benz) zararlangan.
Voqea natijasida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 3 nafar kishi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.